Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stadi-tur ishtirokchilari Kastiliya-La-Mancha universitetida
15:31 / 2020-02-26

Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan Ispaniyaga tashkil etilgan stadi-tur ishtirokchilari Ispaniyaning qadimiy shahri Toledodagi Kastiliya-La-Mancha universiteti faoliyati bilan tanishdi.


Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi tomonidan Ispaniyaga tashkil etilgan stadi-tur ishtirokchilari Ispaniyaning qadimiy shahri Toledodagi Kastiliya-La-Mancha universiteti faoliyati bilan tanishdi.

Kastiliya-La-Mancha universiteti Toledo shahrining nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan bo‘lib, unga 1982 yili asos solingan. 
Universitetda bakalavr, magistr va ilmiy tadqiqotlar, o‘quv kurslari bo‘yicha ta’lim jarayoni tashkil etilgan. Bugungi kunda bu yerda dunyoning ko‘plab mamlakatlari qatorida O‘zbekistondan ham talabalar o‘qiydi.

Universitet professori Santyago Sardinero ta’lim jarayonlari haqida ma’lumot berar ekan, universitet binolari tarixiga ham e’tibor qaratdi.

Universitetning ayrim binolari XVII asrda bunyod etilgan. Aynan o‘sha binolar qurol-aslaha ishlab chiqaradigan zavod binosi bo‘lgan va keyinchalik universitet tasarrufiga o‘tkazilgan.

Toledo Ispaniyaning tarixiy shahri. Shaharning ilk tarixi haqida ma’lumotlar kam. Eramizdan avvalgi ikkinchi asrda rimlik Mark Fluviy tomonidan zabt etilgandan keyin Toledo barchaga ma’lum shaharga aylangan. 711 yili shaharni arablar bosib oladi. 1085 yil qirol Alfons VI g‘alabasi bilan yana ozodlikka erishadi.

O‘zida ko‘p asrlik tarixni jamlagan Toledo ochiq osmon ostidagi muzey hamdir. Negaki, shahardagi har bir binoning o‘zi me’moriy yodgorlik – YuNESKO ro‘yxatiga kirgan ispanlar yodgorligi va boyligi sanaladi.

Toledoda ilk bor harbiy unvonlar ta’sis etilgan. Santyago ordeni shulardan biri. 1561 yilda qirol Filipp II Madridni Ispaniya poytaxtiga aylantirgandan keyin Toledo “poytaxt shahar” degan nufuzini yo‘qotgan.