Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SSV tizimdagi barcha rahbarlarni ogohlikka chaqirdi
23:22 / 2024-10-15

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, telegram messenjerida ochilgan feyk akkauntlar orqali yuqori turuvchi idoralar rahbarlari nomidan quyi bo‘g‘in muassasalari mas’ullariga soxta xabarnomalar yuborish holatlari uchrayotgan ekan.

Xususan, so‘nggi kunlarda Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyati nomidan yaratilgan ana shunday soxta profillar orqali tizimdagi mas’ul xodimlarga turli yolg‘on va noqonuniy topshiriqlar berilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Vazirlik barcha rahbarlarni ogohlikka chaqirib, bunday feyk ma’lumotlarga ishonmasliklari, axborot xavfsizligini ta’minlashga yanada jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘ramoqda.

Shuningdek, ushbu soxta profillarni aniqlashning bir necha usuli borligini, ulardagi barcha ma’lumotlar yopiq va yozishmalar yangidan boshlanishi, mazkur akkauntlarga video va audio qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirib bo‘lmasligini eslatib o‘tmoqda.

O‘zA