Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SSV: Beshinchi qavatdan tushib ketgan bola takroriy tekshiruvdan o‘tdi
11:33 / 2020-01-15

Joriy yil 14 yanvar kuni soat 16:00 atrofida Toshkent shahri Olmazor tumani 3-Beruniy dahasidagi besh qavatli uyning beshinchi qavatida uch yosh 11 oylik bola osilib qolgani va pastga tushib ketgani aks etgan videoxabar yuzasidan avval ma’lumot bergan edik.

Ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylangan ushbu jarayonda bola uyda yolg‘iz qolganligi sababli o‘ynab, derazadan chiqib ketgan, lekin u aholi tomonidan pastda adyol tutib ushlab qolingan.
– Ushbu kutilmagan holatdan hali ham shokdaman, – deydi bolaning onasi . – Farzandim shamollagani uchun bir muddatga uyda qoldirib, boshqa bolamni maktabdan olib kelish uchun chiqqandim. Shu orada, falokat oyoq ostida deganlaridek, bu voqea bo‘lib turibdi. Qo‘shni va shifokorlardan bolamning hayotini asrab qolishdagi beminnat yordami uchun juda ham minnatdorman.
Eslatib o‘tamiz, ushbu voqea yuzasidan 14 yanvar kuni soat 16:18 da chaqiruv bo‘lgan. Tez tibbiy yordam mashinasi 7 daqiqada yetib borgan. Birinchi yordam voqea joyida ko‘rsatilib, zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan hamda malakali shifokorlar tomonidan unga sifatli davo choralari qo‘llanilgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi