Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SSP Namangan viloyati hududiy boshqarmasi koʻmagida tadbirkorlarga tegishli boʻlgan yer maydoni qaytarib berildi
20:31 / 2020-01-21

Namangan viloyati hududiy boshqarmasi koʻmagida tadbirkorlarga tegishli boʻlgan yer maydoni qaytarib berildi.


Namangan viloyati hududiy boshqarmasi koʻmagida tadbirkorlarga tegishli boʻlgan yer maydoni qaytarib berildi.

Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy manfaatlari buzilishi bilan bogʻliq vaziyatlarga nisbatan tegishli choralar koʻrilib, tadbirkorlarning huquqiy manfaatlari qayta tiklandi.

Jumladan, Savdo-sanoat palatasi aʼzosi “NATURAL GAZ” MCHJ hamda tadbirkorlik subyekti “Toshloq Bosh pillaxona” MCHJning qonuniy huquq va manfaatlari Toshloq tuman hokimining 26.03.2019-yildagi 1627-sonli qarori bilan qonunga zid ravishda buzilgan.

Yaʼni SSP aʼzosi boʻlgan “NATURAL GAZ” MCHJ xamda tadbirkor “Toshloq Bosh pillaxona” MCHJlarga qarashli pillaxona bino-inshootlari va unga xizmat qiluvchi 11236,7 m2 yer maydonlari tuman hokimligi zaxira fondi hisobiga qaytarib olish, ushbu bino-inshootlar va yer maydonlari boshqa bir MCHJga asossiz ravishda foydalanishga biriktirib berilgan.

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Palata aʼzosi boʻlmish “NATURAL GAZ” MCHJ va tadbirkorlik subyekti “Toshloq Bosh pillaxona” MCHJ manfaatida javobgar Toshloq tuman hokimining 26.03.2019-yildagi 1627-sonli qarorini notoʻgʻri qabul qilinganligi va bekor qilinishi lozimligi toʻgʻrisida Toshloq tuman Maʼmuriy sudiga shikoyat arizasi taqdim etildi va toʻliq qanoatlantirildi.

Natijada yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ikki nafar tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan 11236,7 m2 yer maydoni qaytarib berildi xamda qonuniy manfaatlari qayta tiklandi.

Agarda sizning ham tadbirkorlik faoliyatingizda shu kabi muammolar yuzaga kelsa oʻz hududingizdagi Savdo-sanoat palatasi yoki Axborot xizmatining @SSP_press telegram akkauntiga murojaat qilishingiz mumkin.