Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Srechko Katanets: “Biz har bir o‘yinga tayyor bo‘lishimiz kerak!”
09:06 / 2022-06-08

Avval xabar berganimizdek, shu yilning 8-14-iyun kunlari Namanganda “Osiyo kubogi – 2023” saralash bosqich turniri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur saralash bahslari oldidan “C” guruhidan joy olgan O‘zbekiston, Tailand, Maldiv orollari va Shri-Lanka terma jamoalari bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumanlari tashkil etildi.

E’tiborlisi, milliy terma jamoamiz ishtirokidagi press-konferensiyani bosh murabbiy Srechko Katannets o‘zbekona lutf: “Assalomu alaykum!” so‘zi bilan boshladi.

– Jamoa o‘yinga tayyor. Biz nafaqat bugungi, barcha o‘yinlarda g‘alaba uchun harakat qilamiz. Biz diqqat e’tiborni saqlagan holda o‘ynashimiz kerak, – dedi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets. – Hech kim o‘yin boshlanmasdan oldin g‘alaba qozona olmaydi, shu bois o‘yinga futbolchilarni yaxshi tayyorlashimiz kerak. Barcha jamoalarni hurmat qilishimiz kerak, aks holda futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin va sizni jazolashlari mumkin. Raqiblar kuchsizligi uchun tarkibda o‘zgarishlar qilishi mumkinligi haqidagi savolga javob qaytararkan bolqonlik mutaxassis ayni paytda O‘zbekiston terma jamoasini Osiyoning grand jamoalariga qiyoslab bo‘lmasligini urg‘uladi. Bizni ayni vaqtda Yaponiya va Janubiy Koreya bilan taqqoslash xato. Ular jahon chempionatiga chiqib bo‘lgan. Futbol 10 yil avvalgidek emas. Biz hali rasmiy o‘yin o‘tkazmadik. Agar 100 foiz e’tiborli bo‘lmasak, Maldiv va Shri-Lanka ham syurpriz qilishi mumkin. Osiyo kubogi saralashida 6 kun ichida 3 o‘yin o‘tkaziladi, bu oson emas.

Mahalliy futbolchilarda O‘zbekiston chempionatidan so‘ng uzoq tanaffus yuzaga keldi. Eslalib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Osiyo kubogi – 2023” saralash bosqichidagi ilk uchrashuvni 8 iyunda Shri-Lanka terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ushbu o‘yin Namangan shahridagi “Markaziy” stadionda mahalliy vaqt bilan soat 20:30da boshlanadi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.