English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SQB sayyohlik biznesi uchun kreditlar taklif etadi
15:48 / 2022-10-26

O‘zsanoatqurilishbank turizm sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lgan aholi vakillari hamda tadbirkorlar uchun alohida kredit mahsuloti taqdim etmoqda.

Kreditlar qaysi turizm yo‘nalishlariga ajratiladi?

  • Mehmonxona, mehmon uylari, xostellar;
  • milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni;
  • umumiy ovqatlanish, restoran va kafeteriylar;
  • bouling hamda hordiq chiqarish markazlari;
  • turistik ko‘ngilochar maskanlar;
  • aviakassa, turoperator va turagent xizmati.

Loyihalar qanday mezonlar asosida saralanadi?

  • Loyiha joylashuvidagi hududning ixtisoslashuvi;
  • transport qatnovi mavjudligi;
  • hududdagi raqobat darajasi;
  • tarixiy obidalarning mavjudligi.

Kredit shartlari

Milliy valyutada:

  • Kredit maksimal miqdori: 5 mlrd. so‘mgacha;
  • Kredit muddati: 5 yilgacha;
  • Imtiyozli davr: 12 oygacha;
  • Kredit foizi: yillik 22,5 foizdan (hisoblangan foizlarning 4,5 foizi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi).
  • Boshqa shartlar: loyihada mijozning o‘z ulushi kamida 30 foiz bo‘lishi lozim.

Xorijiy valyutada:

  • Kreditning maksimal miqdori: 750 ming AQSH dollarigacha;
  • kredit muddati: 5 yilgacha;
  • imtiyozli davr: 12 oygacha;
  • kredit foizi: yillik 11 foizdan;
  • boshqa shartlar: loyihada mijozning o‘z ulushi kamida 30 foiz bo‘lishi lozim.

Ma’lumot uchun: O‘zsanoatqurilishbank tomonidan ichki turizmni rivojlantirishga oid loyihalarni moliyalashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, o‘tgan davr mobaynida turizm biznesi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga bank tomonidan 830 mlrd. so‘mdan ortiq kredit mablag‘lari ajratilib, 1 650 ga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Mutaxassislar maslahati: 712004343; 1180

Bank Axborot xizmati
Reklama