English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sputnik V” vaksinasining “omikron” shtammiga qarshi samaradorligini o‘rganishga uch hafta vaqt ketadi
18:21 / 2021-12-01

Koronavirusning yangi “omikron” shtammi juda tez tarqalmoqda. Shu bois olimlar Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi ushbu shtammga qarshi qay darajada ta’sir ko‘rsata olishini tekshiradi.

TASS agentligining xabar berishishicha, preparatning samaradorligini o‘rganishga uch hafta ketadi.

Bu haqda Rossiya Federatsiyasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari Kirill Dmitriyev CNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, 2022 yil fevral oyi oxiriga qadar “Sputnik V” vaksinasi 100 million dozagacha chiqarilishi mumkin.

Shu bilan birga, vaksinaning samaradorligi tufayli virusning “delta” shtammiga qarshi kurash unchalik og‘ir kechmagani ta’kidlandi.