Vengriyada koronavirusga qarshi Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi eng xavfsiz va samarali, deb tan olinmoqda.
Vengriya Yevropa Ittifoqida "Sputnik V" preparatidan foydalanishni boshlagan birinchi davlat sanaladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, bugungi kunga qadar Vengriyada besh turdagi vaksina - «Pfizer», «BioNTech», «Moderna», «AstraZeneca», «Sinopharm» va «Sputnik V» sinovdan o‘tkazilgan. Rossiya vaksinasi xavfsizlik va samaradorlik darajasidan kelib chiqqan holda, yuqori deb baholamoqda.
"Sputnik V" preparati bilan yuz ming kishi emlangan bo‘lsa, o‘lim hollari 7-32 baravar kam. Shu bilan birga, COVID-19 infeksiyasini yuqtirib olish ko‘rsatkichi ham 2-7 baravar kam.
Vengriya sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, "Sputnik V" vaksinasi "Pfizer"ga qaraganda 32 marta kamroq o‘lim va olti baravar past infetsion zararlanish darajasiga ega.
Darvoqe, Vengriya 2020 yil noyabrda sinovlar uchun "Sputnik V" namunalarini olgan YeIdagi birinchi davlat bo‘lib turibdi. 2021 yil fevral oyida esa Vengriya milliy sog‘liqni saqlash markazi mamlakatda rus vaksinasidan foydalanishga ruxsat bergan edi.