Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sputnik V” vaksinasi Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali vosita sifatida doimiy ro‘yxatga olindi
15:06 / 2022-02-04

“Sputnik V” vaksinasi tadqiqotning barcha bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, doimiy ro‘yxatga olindi. Bu haqda bugun Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mixail Murashko ma’lum qildi.

- “Sputnik V” vaksinasi allaqachon ro‘yxatga olingan, u klinik sinovning barcha bosqichidan o‘tdi, - deydi Murashko jurnalistlarga bergan intervyusida.

Bungacha preparat, COVID-19ga qarshi boshqa vaksinalar kabi, klinik sinovlarning birinchi yoki ikkinchi bosqichini o‘tkazish sharti bilan ro‘yxatga olingan edi.

Avvalroq, 3 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni qayta emlash uchun “Sputnik V” dan foydalanishi ma’lum bo‘lgandi.

Hozirda olimlar vaksinaning samaradorligi va xavfsizligini sinovdan o‘tkazmoqda. Klinik sinovlar 2023 yilda yakunlanadi. Ularda 500 nafar ko‘ngilli ishtirok etishi kutilmoqda.

“Sputnik V” Gamalei markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va 2020 yil avgust oyida ro‘yxatga olingan edi.

O‘zA