Sportsevar yoshlarga yana bir imkoniyat
Buxoro shahrining “Sobir Rahimov” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 2-sonli sport maktabi endilikda sport yakkakurashlariga ixtisoslashgan zamonaviy sport zaliga ham ega bo‘ldi. “Tashabbusli byudjet” dasturi asosida bunyod etilgan ushbu maskan mahalladoshlarning hamjihatligi namunasidir.
Kelajak avlod vakillarini jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishi va intilishini oshirish, jismonan va ruhan chiniqtirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga bo‘lgan intilish tufayli barpo qilingan sport zali zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, zarur inventarlar bilan jihozlangan.



Sport inshooti zamonaviy talablar asosida barpo qilingan bo‘lib, mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan umumiy qiymati 1 milliard 360 million so‘mga moliyalashtirilgan. Ayni paytda inshootda sportning erkin va yunon-rum kurashlari, yakkakurashlar yo‘nalishida shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar hozirlangan.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.