Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportsevar yoshlar maskani
12:42 / 2017-01-27

Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor navqiron avlodning har tomonlama sog‘lom kamol topishida muhim omil bo‘lmoqda. Joylarda qad rostlayotgan zamonaviy sport inshootlarida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar safi tobora kengayib borayotir.

Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 700 dan ortiq o‘g‘il-qiz badiiy gimnastika, voleybol, taekvondo, suzish, dzyudo va armrestling kabi sport turlari bo‘yicha muntazam shug‘ullanmoqda. Zamonaviy sharoitlarda o‘z mahoratini oshirayotgan maktab tarbiyalanuvchilari orasida xalqaro va mamlakat miqyosidagi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan sportchilar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.