Sportsevar qizlar musobaqasi
Bo‘stonliq tumanida 1998-2001-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Kamolot” malikasi” turnirining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bo‘stonliq tumanida 1998-2001-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha “Kamolot” malikasi” turnirining Toshkent viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi tomonidan bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish va yangi bosqichda davom ettirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.
Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash hamda qizlarni sportga keng jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, chekka qishloqlarda sport, xususan, stol tennisini ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan musobaqada shahar va tuman bosqichlaridan saralangan 70 dan ziyod sportchi qizlar baxslashdi.
Musobaqada 1998-1999-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida parkentlik Iroda Toirova birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Quyi chirchiqlik Feruza Rustamova ikkinchi o‘rinni egalladi. Uchinchi o‘rin yana bir parkentlik qiz Muhayyo Toirovaga nasib etdi.
Kunning ikkinchi yarmida 2000-2001-yillarda tug‘ilgan qizlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Olmaliq shahridan Dildora Po‘latova birinchi, parkentlik Dilnoza Fozilova ikkinchi, bo‘kalik Dilsora Janonova uchinchi o‘rinni egalladi.