Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sportni sev, sport bilan yasha!”
17:48 / 2021-01-20

Farg‘ona shahrida “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida uyushmagan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Hayotimizda sportning o‘rni beqiyos. Jismoniy faol bo‘lgan insonning salomatligi mustahkamlanadi, ko‘tarinkilik, bardamlik va farovonlik, uzoq umrni qo‘lga kiritadi. Sport bizni jismonan chiniqtiradi, iroda va chidamlilik, jamoaviy sport turlarida esa do‘stlik hamda mas’uliyat singari ko‘plab insoniy xislatlarni tarbiyalaydi. Mamlakatimizda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga muhim e’tibor qaratilayotgani ham aslida inson salomatligiga bo‘lgan e’tibor ifodasidir.

[gallery-845]

Farg‘ona davlat universitetining o‘yingohida futbol, voleybol, stol tennisi, arqon tortish, tosh ko‘tarish va suzish sport turlari bo‘yicha 18-30 yoshdagi o‘smir va qizlar o‘rtasida ichki ishlar kubogi o‘tkazildi. Qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘lgan sport festivalida shahar mahallalaridagi uyushmagan uch yuzdan ziyod yoshlar mazkur sport turlarida kuch sinashdi. Tosh ko‘tarishda “Navro‘z” mahallasidan Ahmad Ubaydullayev, suzishda “Yormozor” mahallasidan Doniyor Odilov g‘olib bo‘ldi. Futbolda “Farg‘ona” mahalla fuqarolar yig‘ini, voleybolda esa “Navro‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, sportning boshqa turlari bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlanib, tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

 

M.Sulaymonov, M.Qodirov(surat), O‘zA