Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportni rivojlantirish masalasi o‘rganildi
17:58 / 2026-02-19

Andijonda O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirokida viloyatda sport sohasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Viloyat hokimi o‘rinbosarlari, sport vazirligi bo‘lim boshliqlari, hududiy boshqarma mas’ullari, sport ta’lim muassasalari rahbarlari, mutaxassislari ishtiroki etgan yig‘ilishda viloyatda sport sohasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, sohani yanada rivojlantirishga doir muhim masalalar muhokama qilindi. 

[gallery-27749]

Yig‘ilishda viloyatda ommaviy sport turlarini rivojlantirish, sportchilar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratish muhim ekanligi qayd etildi. 

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”, “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident olimpiadasi” sport musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish, ularning qamrovi va ishtirokchilar safini kengaytirish, iqtidorli yoshlarni saralash tizimini takomillashtirish hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi. 

Yig‘ilishda sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari.