Ikki nafar sportchimiz Qishki Olimpiadadagi yurishini boshladi, Husanov “Solford”ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Xabaringiz bor, ayni vaqtda Italiyada Qishki Olimpiyada o‘yinlari davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan ikki nafar sportchimiz allaqachon o‘z startini boshladi. Bundan tashqari, Abduqodir Husanov, Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev kabi futbolchilarimiz klublari safida o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi. E’tiborli tomoni shundaki, Husanov "Siti" safida "Solford"ga qarshi o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni yashil maydonlari mezbonlik qiluvchi 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogiga qur’a tashlandi.
Qisqa qilib aytganda, sportimizda o‘tgan hafta davomida juda ko‘p voqeliklar yuz berdi. "You Tube" kanalimizga yuklangan ushbu video orqali bularning barchasi bilan tanishish imkoniga egasiz.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ejlpYLttAq0" title="Sportimizda hafta voqeiklari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Karim Xudoyqulov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA