Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportga jalb etishning muhim omili
14:09 / 2014-07-18

Mahalla o‘smirlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Futbolimiz kelajagi” an’anaviy respublika turnirining Jizzax viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mahalla o‘smirlari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan “Futbolimiz kelajagi” an’anaviy respublika turnirining Jizzax viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi hamda madaniyat va sport ishlari boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan turnirda 38 jamoa uch yosh toifasida o‘zaro bahslashdi.

Musobaqaning mahallalarda ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlarni jismonan va ma’nan barkamol etib voyaga yetkazishdagi ahamiyati ortib bormoqda. Buni saralash bosqichlarida ishtirok etayotgan yoshlar safi yil sayin kengayib borayotganida ham ko‘rish mumkin. Musobaqaning quyi bosqichlarida 45 ming nafarga yaqin bola qatnashdi. 

9-10 yoshli jamoalar guruhida Jizzax shahridagi Alisher Navoiy nomidagi mahallaning “Navoiy”, 11-12 yoshli bolalar guruhida Jizzax tumani Ziyokor mahallasining ”Yoshlik”, 13-14 yoshdagi jamoalar guruhida ushbu tumanning yana bir vakili – Qo‘lama mahallasining “Bars” jamoalari birinchi o‘rinni egalladi. 

G‘olib jamoalar musobaqaning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.