Sirdaryo viloyat hokimligida sport sohasida 2025 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Sport vaziri Adham Ikromov, MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov, Sirdaryo viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov hamda tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda ommaviy va professional sportni rivojlantirish bo‘yicha Sirdaryo viloyatida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. “Divizion sport musobaqalari”, uni puxta tashkil etish, sport maktablari, sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, Olimpiya va paralimpiya harakatini jadallashtirish, yoshlarni sportga jalb etish, sport turlarini ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida muntazam ravishda sport musobaqalarini tashkil etish, ular iqtidorini yuzaga chiqarish borasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan dolzarb va muhim masalalar to‘g‘risida so‘z yuritildi.
[gallery-21552]
–Sirdaryo viloyat hokimligida Sport vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan videokonferensiya yig‘ilishi davomida 2025-2026 yillarda sport sohasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. Bu esa, har jihatdan qaralganda sirdaryolik yosh sportchilar va soha xodimlari uchun nihoyatda foydali bo‘ldi,– deydi Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi boshlig‘i Anvar Bo‘ronov.
G‘ulom Primov, Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbirlari