Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportda halollik va shaffoflik — barqaror natijalar garovi
18:12 / 2025-12-25

Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bugungi kunda sport sohasini yanada rivojlantirish, yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish bilan bir qatorda, soha faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olish ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan.

Shu asosda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamda Toshkent shahar Sport boshqarmasida ochiqlik, shaffoflik va sog‘lom raqobat tamoyillarini izchil ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda hamda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tizimli va manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda Toshkent shahrida 53 dan ortiq olimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularga 14 ming 620 nafardan ziyod sportchi jalb etilgan. Shuningdek, shaharda 820 nafarga yaqin murabbiy va sport mutaxassislari faoliyat yuritmoqda. Ana shunday keng qamrovli tizimda adolat, shaffoflik va halollikni ta’minlash korrupsiyaga qarshi kurashning muhim shartlaridan hisoblanadi.

2025 yilning iyul–dekabr oylari davomida korrupsiyaga qarshi qaratilgan 6 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda 4 ta seminar-trening tashkil etildi. Ularda 450 nafardan ortiq xodim, sportchi va murabbiylar ishtirok etib, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun, xizmat odobi qoidalari, mas’uliyat va hisobdorlik masalalari bo‘yicha tegishli tushunchalar berildi. Shuningdek, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning oldini olish mexanizmlari hamda amaldagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati keng yoritildi.

Ayni paytda sport musobaqalari hamda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etishda moliyaviy shaffoflikni ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, hisobot davrida Toshkent shahrida 220 dan ortiq rasmiy sport musobaqalari o‘tkazilib, barcha jarayonlar belgilangan tartib va me’yorlar asosida amalga oshirildi.

Hududiy bo‘linma hamda sport boshqarmasi faoliyatida xizmat jarayonlarini tashkil etishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilinmoqda. Moliyaviy masalalar va tashkiliy qarorlarni qabul qilish jarayonlari qonunchilik talablariga muvofiq amalga oshirilib, ichki nazorat va monitoring tizimi izchil takomillashtirib borilmoqda.

Shu bilan birga, fuqarolar va sport jamoatchiligidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlash samarali yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, 2025 yilning iyul–dekabr oylarida jami 15 ta murojaat qabul qilinib, ularning 6 tasi ijobiy hal etildi, qolgan 9 ta murojaat bo‘yicha huquqiy maslahat va tegishli tushuntirishlar berildi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi hamda Toshkent shahar Sport boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sport sohasida sog‘lom muhitni shakllantirish, sog‘lom raqobatni ta’minlash hamda yuqori natijalarga qonuniy va shaffof yo‘l bilan erishishga xizmat qilmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA