Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchining g‘alabasida tibbiyotning o‘rni beqiyos
09:04 / 2022-07-27

Ayni kunlarda dunyoning 60 ga yaqin mamlakat sport jamoalari qatori yurtimiz atletlari ham joriy yilning 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahrida o‘tadigan Islom birdamligi o‘yinlariga hozirlik ko‘rmoqda.

Mazkur nufuzli sport anjumanida qatnashadigan sportchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi qatori ularning tibbiy himoyalanishi ham ko‘zlangan natijlarga erishishda muhim omil sanaladi.

O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasida Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari bilan Islom birdamligi o‘yinlariga tayyorlanayotgan sportchilarga ko‘rsatilajak tibbiy e’tibor xususida suhbat tashkil etildi. 
Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov olib borgan muloqotda Konya bahslarida sport jamoalari bilan bo‘ladigan shifokorlar va ishchi guruh tarkibi, zarur tibbiy vositalar, dori-darmonlar ruyxati muhokama qilindi.

O‘z navbatida, markaz shifokorlari hozirda belgilangan tartib asosida terma jamoa sportchilari musobaqadan avval chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani, ularning salomatligi bo‘yicha so‘nggi ma’lumotlar qandayligi haqida umumiy hisobot taqdim qilishdi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA.