Sportchimiz Turkiya turnirida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Turkiyada o‘tgan Gran-pri musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasidagi guruh bahslarida terma jamoamiz a’zosi Nikita Svetkov 132.5 kilometrlik poygada 3:32:41 natija bilan belgilangan marraga 2-o‘rinda yetib keldi.

Mahoratli sportchimiz Svetkov "Grand Prix Edebiyat Yolu" musobaqasida ham ishtirok etib, 4-natijani qayd etish asnosida qimmatli reyting ochkolariga ega bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasi ikki kunlik poygalar sarhisobiga binoan 56 ochko jamg‘arishga erishdi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA