French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchimiz “Africa Triathlon Junior Cup” musobaqasida sovrindor bo‘ldi
09:46 / 2023-05-23

Misrning Sharm Ash-Shayx shahrida triatlon bo‘yicha tashkil etilgan “Africa Triathlon Junior Cup” musobaqasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zosi Sulton Aliyev 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada sportchilar 750 metrga suzish, 20 kilomertga velopoyga va yakunda 5 kilometrga yugurish bo‘yicha bahslashdi. Iqtidorli sportchimiz ushbu masofalarni 1 soat 5 daqiqa 56 soniyada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. 

“Africa Triathlon Junior Cup” turnirida 1:05:31 ko‘rsatkich bilan Janubiy Afrika Respublikasi vakili Kayl Erskayn oltin medalga, hamyurtimiz kumush hamda misrlik Yusuf Muhammad 1:07:18 natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA