Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarning mehnat va g‘alabasi e’tirof etildi
17:50 / 2025-12-15

2025 yilda turli sport turlari bo‘yicha yuksak natijalarga erishib, tuman, viloyat, respublika hamda xalqaro musobaqalarda Sirdaryo tumani sharafini munosib himoya qilgan sportchilar, ularning ota-onalari va fidoyi murabbiylari tuman hokimligi tomonidan tantanali ravishda taqdirlandi.

Tadbirda Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov ishtirok etdi. U nutqida yosh sportchilarning erishgan yutuqlari, shaxsiy matonat va mehnati  ularni tarbiyalab kelayotgan murabbiylar va ota-onalarning qo‘shgan hissasi bilan bog‘liq ekanini alohida ta’kidladi.  

–  Har bir g‘alaba – bu fidoyi mehnat, intilish va birdamlik namunasi. Sportdagi yutuqlar yoshlarimizga  maqsadga intilish hamda fidoyilik orqali qanday natijalarga erishish mumkinligini o‘rgatadi.  

Tadbir davomida  yuqori natijalarga erishgan sportchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi. Shuningdek, ularning tarbiyasida muhim rol o‘ynagan murabbiylar hamda farzandlarining muvaffaqiyatida doimiy tayanch bo‘lib kelayotgan ota-onalar ham e’tirof etildi.

Hokimning so‘zlariga ko‘ra, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan sportni rivojlantirish va yoshlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish bo‘yicha islohotlar Sirdaryo tumanida ham izchil amalga oshirilmoqda. Ular tufayli yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak natijalarga erishmoqda.

Tadbir yakunida hokim sportchilar va murabbiylarga kelgusida yanada yuqori marralarni zabt etishlari uchun omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri