Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarimizning qishki Olimpiya o‘yinlaridagi dasturi e’lon qilindi
15:49 / 2026-02-06

Bugun, 6 fevraldan Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida XXV qishki Olimpiya o‘yinlari rasman boshlandi.

93 ta davlatning 2871 nafar sportchisi ishtirok etayotgan to‘rt yillikning eng muhim qishki sport o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini tog‘ chang‘isida Medet Nazarov, short-trek sport turida Daniil Yeybog himoya qiladi.

"Milan-Kortina-2026" qishki Olimpiya o‘yinlari dasturiga binoan terma jamoamiz a’zosi Medet Nazarov 14 fevral kuni gigant slalom dasturida, 16 fevralda slalom dasturida o‘z omadini sinab ko‘radi.

Terma jamoamiz a’zosi Daniil Yeybog 16 fevral kuni 500 metrlik bahslarning saralash bosqichida hamda 18 fevralda ushbu masofada o‘tadigan final musobaqalarida startga chiqishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 8 ta sport turining 16 ta yo‘nalishida kechadigan XXV qishki Olimpiya o‘yinlari 22 fevralga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA