Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarimizning munosib sovgʻasi
12:15 / 2019-08-31

SIJoriy yilning 24-30-avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida Taekvondoning ITF yoʻnalishi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida XXI jahon chempionati boʻlib oʻtdi.


SIJoriy yilning 24-30-avgust kunlari Bolgariyaning Plovdiv shahrida Taekvondoning ITF yoʻnalishi boʻyicha yoshlar va kattalar oʻrtasida XXI jahon chempionati boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqada dunyoning 96 ta davlatidan 2640 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.

Kuchli bellashuvlardan soʻng Oʻzbekiston Tayekvondo (ITF) milliy assotsiatsiyasi terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi:

Otajanov Shoxrux (64 kg vaznda) – 2-oʻrin;

Xudoyberdiyev Valijon (52 kg vaznda) – 3-oʻrin;

Saidov Behruz (85 kg vaznda) – 3-oʻrin.

1-sentyabr kuni terma jamoamiz aʼzolari Oʻzbekistonga qaytib kelishlari kutilmoqda.

Assotsiatsiya rahbari

Laziz Xasanov