Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarimizning Janubiy Koreyadagi g‘alabalari
13:30 / 2014-07-21

Janubiy Koreyada taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat ochiq chempionatida O‘zbekiston taekvondochilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Janubiy Koreyada taekvondo (WTF) bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat ochiq chempionatida O‘zbekiston taekvondochilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Dunyoning yetmishdan ziyod davlatidan 2000 nafardan ortiq sportchi qatnashgan musobaqaning kyorugi yo‘nalishi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda sportchilarimizdan Niyoz Po‘latov, Saidolim No‘monov, Shahboz Shofayziyev o‘z vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Davlatjon Davronov va Nigora Tursunqulova bronza medal bilan taqdirlandi.

– Nufuzli musobaqadagi g‘alabamiz yurtimizda yoshlarning jismonan va ma’nan sog‘lom insonlar bo‘lib kamol topishi, iqtidor va iste’dodini namoyon etishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar samarasidir, – deydi Saidolim No‘monov. – Niyatim 2016-yilda Braziliyada o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida munosib ishtirok etib, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obro‘sini yanada oshirishga hissa qo‘shishdir.

Kadetlar o‘rtasidagi musobaqada Madina Ro‘ziyeva ikkinchi, Iroda Mirtojiyeva, Abdurahmon Zokirjonov va Oleg Tay uchinchi o‘rinni egalladi. Kattalar o‘rtasida Nikita Rafalovich kumush, Natalya Mamatova bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Taekvondo “pumse” yo‘nalishi bo‘yicha Mavlonjon Rustamov va Nodiraxon Shermuhamedova oltin, Maftuna Tolipova kumush, Bahodir Alovxonov, Zafarbek Sattorov va Mashrabjon Bozorboyev bronza medalga sazovor bo‘ldi.