Sportchilarimiz “Yevroosiyo kubogi”da 34 medalli bo‘ldi
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida taekvondo ITF bo‘yicha uch kun davom etgan “Yevroosiyo kubogi-2022” xalqaro turniri o‘zbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Xalqaro turnirning ikkita yo‘nalishida ishtirok etgan 22 nafar hamyurtimiz murosasiz bahslar so‘ngida 10 ta oltin, 10 ta kumush hamda 14 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi, deyiladi Sportni rivojlantirish vazirligi xabarida.

Umumjamoa hisobida mezbonlar birinchi o‘rinni qo‘lga kirtgan bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Yevropa va Osiyo qit’asi jamoalarini ortda qoldirgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi.
“Yevroosiyo kubogi-2022” davomida o‘n marta vatanimiz madhiyasi yangrab, 34 marta xur bayrog‘imiz yuksalganligi e’tiborli bo‘ldi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA