Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda
18:10 / 2018-10-26

Baydarka va kanoeda eshkak eshish: Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati, parakanoe boʻyicha Osiyo chempionati hamda kattalar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqalari oʻtkazildi.


Baydarka va kanoeda eshkak eshish: Samarqand shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati, parakanoe boʻyicha Osiyo chempionati hamda kattalar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqalari oʻtkazildi.

Xalqaro turnir oʻzbekistonlik sportchilar uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Osiyo kubogi va Osiyo chempionati yakunlariga koʻra, oʻzbekistonlik eshkak eshuvchilar umumiy hisobda 73 ta medalni qoʻlga kiritishdi. Ularning 29 tasi oltin, 25 tasi kumush va 19 tasi bronza boʻldi. Shuningdek, parakanoe bahslarida oʻzbekistonliklar uchta oltin, ikkita kumush va bitta bronza medallariga ega chiqishdi.

Unifayt: Rossiyaning Moskva viloyatida oʻtkazilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida unifayt sport turi boʻyicha terma jamoasi mezbonlardan keyin faxrli ikkinchi oʻrinni egallashdi. Dunyoning yigirmadan ortiq davlati sportchilari ishtirok etgan dunyo birinchiligida hamyurtlarimiz ucha oltin, beshta kumush va toʻrtta bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Universal jang sport turi ustalarimizdan Nurmuhammad Gʻiyosov (60 kg), Samandar Sattorov (70 kg) hamda Anastasiya Baybekovalar oltin medalga sazovor boʻlishdi. Kuchli uchlikka tojikistonlik sportchilar yakun yasashdi. 

Yunon-rum kurashi: Vengriya poytaxti Budapesht shahrida sport kurashlari boʻyicha jahon chempionati oʻtkazilmoqda. Unda yurtimiz sharafini -63 kg vazn toifasida Yelmurat Tasmuradov himoya qilmoqda. Hamyurtimiz bugungacha Belarus, Xitoy, Moldova, Ukraina vakillarini magʻlubiyatga uchratib, finalga yoʻl oldi. Endi u oltin medal uchun rossiyalik Stepan Maryanyanga qarshi gilamga chiqadi.
Bungacha jahon chempionatining erkin kurash bahslarida ishtirok etgan Bekzod Abdurahmonov bronza medalini qoʻlga kiritgan edi.

Badiiy gimnastika: 19-21-oktabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida badiiy gimnastika boʻyicha “Moskow Star Gym” xalqaro turniri boʻlib oʻtdi. Unda yurtimiz sharafini Navoiy shahridagi ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilaridan iborat 11 nafar yoshlarimiz munosib himoya qilishdi. Eʼtiborli jihati, ularning barchasi gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olishdi.

Sportchi qizlarimizdan Muqaddas Roʻzimurodova, Dilnura Muhiddinova, Amira Soibova birinchi oʻrinni, Shaxlo Abduxalilova, Zarnigor Jumaniyozova, Shaxina Abdunosirova, Marjona Isaqova ikkinchi oʻrinni, Malika Xikmatullayeva, Madina Namozova, Shaxrizoda Razzoqova hamda Shahrina Toʻxtayeva uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Shuningdek, badiiy gimnastika boʻyicha tashkillashtirilgan “Xrustalnaya statuetka” ochiq turnirida ham vatandoshlarimiz muvaffaqiyatlarga erishishdi. Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan 200 dan ortiq yosh sportchi qizlar orasida Samarqand viloyati sportning gimnastika turlariga ixtisoslashgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabi shugʻullanuvchilari oltita oltin va bitta kumush medalga loyiq topilishdi. 

Hamyurtlarimizdan Regina Oʻzbekova, Vilana Savadyan, Amina Gʻaniyeva, Amaliya Mamedova, Yulduz Abdugʻaniyeva va Musina Mahmudjonovalar birinchi oʻrindan joy olgan boʻlsa, Sofiya Osmanova ikkinchi oʻrinni egalladi.

Sport gimnastikasi: Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi boʻyicha 48-jahon chempionatiga start berildi. Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlariga litsenziya beruvchi dastlabki musobaqada yurtimiz sharafini Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Akobir Hamroqulov, Husniddin Abdusamatov, Bobur Toshpoʻlatov, Oksana Chusovitina va Sabina Turobovalar himoya qilishadi. Afsonaviy Oksana jahon chempionatida tayanib sakrash va xodadagi mashqlar yoʻnalishida bahslarga kirishadi. Ushbu nufuzli musobaqada ilk marotaba ishtirok etayotgan Sabina Turobova esa koʻpkurash bellashuvlarida oʻz omadini sinab koʻradi.

Taekvondo: Tailand poytaxti Bangkok shahrida taekvondo WTF boʻyicha xalqaro turnir boʻlib oʻtmoqda. Unda Namangan va Jizzax viloyati sportchilaridan saralab olingan quyidagi sportchilar yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda:

Erkaklar:

-37 kg: Hojiakbar Abdurasulov
-48 kg: Zohidjon Salimov
-63 kg: Abdulaziz Hamidullayev
-63 kg: Abdullajon Shomurodov
-73 kg: Muhammad Yoqubov
-78 kg: Doston Chilmuhammedov
-78 kg: Abdulaziz Mahmudov
-78 kg: Ibrohim Turgʻunov
+87 kg: Diyorbek Moʻydinov

Ayollar:

-29 kg: Dilnoza Tangriyeva
-37 kg: Diyora Imomaliyeva
-49 kg: Mumtozbegim Abduhalilova.