FOTOEPORTAJ
Xabaringiz bor, joriy yil 9-18 avgust kunlari Turkiyaning Konya shahri V Islom birdamlik o‘yinlariga mezbonlik qiladi.
Bugun, 6 avgust kuni Milliy Olimpiya qo‘mitasi binosida V
Islom birdamlik o‘yinlarida ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqaga ko‘tarinki ruhda kuzatib qo‘yildi.
IV Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 121 nafar sportchi bilan qatnashgan bo‘lsa, bu gal 265 nafar atlet Turkiyaga yo‘l olmoqda.
[gallery-8188]
Rasmiy kuzatish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, vazir o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, MOQ raisi o‘rinbosari Ravshan Ermatov, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Toshxo‘jayev, mutasaddilar, sportchilarning ota-onalari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.
Marosimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ochib berdi.
Mutasaddilar sportchilariga mazkur musobaqada omad tilashdi.
Shundan so‘ng, mamlakatimiz sport delegatsiyasining bayroqdori, qilichbozlik bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Zaynab Dayibekovaga O‘zbekiston bayrog‘ini tantanali ravishda topshirildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi V Islom birdamlik o‘yinlariga kuzatib qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, kecha V Islom birdamlik o‘yinlarida musobaqa rasmiy ochilishidan oldin velosport bo‘yicha bellashuvlarga start berilgan edi. Quvonarlisi, musobaqadagi ilk medal bizni uzoq kuttirmadi. Ya’ni velosport bo‘yicha hamyurtimiz Sofiya Karimova V Islom birdamlik o‘yinlarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, V Islom birdamlik o‘yinlarida dunyoning 55 ta mamlakatidan sportchilarning ishtirok etishi kutilmoqda. O‘yinlar Turkiyaning Konya shahridagi 8 ta inshootda o‘tkaziladi.
Muhammad AMIN (surat),O‘zA