English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda 1-o‘rinni egalladi
10:34 / 2022-09-14

Rossiyaning Vladivostok shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro musobaqada mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Rossiya, Xitoy, Belarus va O‘zbekiston terma jamoalari ishtirok etgan turnirda hamyurtlarimiz 2 tadan oltin va kumush hamda 1 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimiz 800 metr masofada kechgan bahslarda M8+ va LM1x dasturlarida oltin, W1x va W4x yo‘nalishida kumush, M2x bahsida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Vladivostokda kechgan bahslarda terma jamoamiz medallar jamg‘armasiga munosib ulush qo‘shgan A.Turdiyev, Z.Usmonov, D.Davronov,  S.To‘lqinxo‘jayev,  D.Xudoyberdiyev,  B.Sharifov,  F.Karimov,  Sh.Hakimov, F.Obloqulov va J.Mavlonov tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

 

T.Ro‘ziyev, 
O‘zA