Sportchilarimiz Islom birdamlik o‘yinlarini yorug‘ yuz bilan yakunlab, Vatanga qaytmoqda
FOTOREPORTAJ
Avval xabar berganimizdek, 96 ta medal jamg‘argan O‘zbekiston delegatsiyasi “Riyod-2025” Islom birdamligi o‘yinlarini ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Kecha VI Islom birdamligi o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan bu galgi musobaqada muzaffar sportchilarimiz 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medallari bilan 57 mamlakat orasida umumjamoa hisobida Turkiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.
[gallery-26387]
Atletlarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat mamlakatimizning Islom birdamligi sport assotsiatsiyasiga a’zo davlatlar orasida yirik sport derjavalaridan biri ekanini yana bir karra ko‘rsatdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA