Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarimiz 2 ta oltin va bronza medallariga ega bo‘ldi
11:25 / 2023-04-30

FOTOREPORTAJ

Toshkentda U18 yosh toifasida o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining dastlabki oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Kun davomida atletlarimiz 2 ta oltin va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.  

Musobaqada termamizga ilk oltin medalni iqtidorli sportchimiz Sharifa Davronova keltirdi. Uch hatlab sakrash dasturida hamyurtimiz 13,99 metr natija ko‘rsatdi. Bu musobaqa rekordi, shuningdek, 18 va 20 yosh toifalaridagi jahon miqyosida mavsumning eng yaxshi natijasi sifatida qayd etildi.

[gallery-11643]

Termamizning ikkinchi oltin medalini yigitlar o‘rtasida balandlikka sakrash sektorida Devdavs Ismoilov keltirdi. Yurtdoshimiz musobaqada 2,06 metr balandlikni zabt etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, qizlar o‘rtasida 400 metrga to‘siqlar osha yugurish bahsida Sabina G‘oibnazarova 1:04.06 soniya bilan bronza medali sohibiga aylandi.

Osiyo chempionati bahslari bugun nihoyasiga yetadi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA