Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilar tayyorgarligi va shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi
22:44 / 2026-01-14

Sport vazirligida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va olimpiada hamda paralimpiyada sport turlarini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Guliston shahridagi Olimpiya va paralimpiyada sport turlariga tayyorlash markazi faoliyati Respublika olimpiya va paralimpiyada sport turlariga tayyorlash markazi direktori Abror Mamadaliyev hamda Sirdaryo viloyat sport boshqarmasi mutasaddilari tomonidan batafsil o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida markazning kundalik faoliyati, sportchilarni tayyorlash jarayonlari va mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, shuningdek ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar har tomonlama tahlil qilindi. Mashg‘ulotlar zamonaviy metodika asosida olib borilayotgani, murabbiylar tarkibining malakasi va sportchilarning tayyorgarlik darajasiga alohida e’tibor qaratildi.

Markazda tashkil etilgan yig‘ilishda yo‘lga qo‘yilgan ilg‘or tajribalar, samarali boshqaruv mexanizmlari hamda sportchilarni tanlab olish va tayyorlash tizimi bo‘yicha taqdimot ham o‘tkazildi. Bu taqdimot orqali hududiy sport markazlari faoliyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliy tajribalar muhokama qilindi va fikr almashildi.

Kuzatuv doirasida markaz infratuzilmasi ham tekshirildi. Jumladan, sportchilar uchun mo‘ljallangan yotoqxona, tibbiyot xonasi, reabilitatsiya sharoitlari va sport zallarining holati o‘rganildi. Mas’ul xodimlar va murabbiylar bilan suhbatlar orqali mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari hamda faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri