Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilar Sardoba fojiasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami joʻnatdi
15:44 / 2020-05-03

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat jafokash xalqimizni bir maqsad yoʻlida birlashtirdi. Bu fojia Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tizimdagi barcha tashkilotlar rahbar va xodimlarini ham befarq qoldirgani yoʻq.

Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida yuz bergan falokat jafokash xalqimizni bir maqsad yoʻlida birlashtirdi. Bu fojia Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va tizimdagi barcha tashkilotlar rahbar va xodimlarini ham befarq qoldirgani yoʻq.

2-may kuni Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi ishchi-xodimlar, sportchilar va trenerlar Sardoba fojiasida jabr koʻrgan oilalarga yordam aksiyasini boshladi.

Ular tomonidan toʻplangan buyumlar, oziq-ovqat mahsulotlari, issiq kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar, kir yuvish mashinalari, sport kiyimlari va jihozlaridan iborat “Saxovat karvoni” kechaning oʻzida Sirdaryo viloyatiga yetkazildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan yuborilgan homiylik koʻmagi Guliston olimpiya zaxiralari maktab-internati hamda Sirdaryo viloyati bolalar-oʻsmirlar futbol akademiyasi (Futbol mahorati maktabi) yotoqxonalariga vaqtinchalik evakuatsiya qilingan yurtdoshlarimizga berildi.

Shuningdek, bu yerga joylashtirilgan yurtdoshlarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni ruhiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida stol tennisi, shaxmat-shashka sport turlari boʻyicha bir qator musobaqalar ham tashkil etilmoqda.

Bugun ham Toshkent shahrida yigʻilgan roʻzgʻor buyumlari, kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, badiiy kitoblar, oʻquv qurollari va boshqa turdagi mahsulotlardan tashkil topgan ikkinchi “Saxovat karvoni” Sirdaryo viloyatiga joʻnatildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati.