Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilar malaka oshirdi
16:08 / 2017-10-26

Poytaxtimizda 2018-yil 18-avgust – 2 sentabr kunlari Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarining penchak silat bo‘yicha bahslariga sportchilarimizni puxta tayyorlash, penchak silatni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish maqsadida amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston penchak silat federatsiyasi va mamlakatimizdagi Indoneziya elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan seminarda Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridan sportchilar ishtirok etdi.

– O‘zbekistonda sport rivoji uchun juda keng imkoniyatlar yaratilgan, – deydi penchak silat bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Xarun Zen (Indoneziya). – Seminarda mamlakatingizda ulkan salohiyatga ega mahoratli sportchilar tarbiyalanayotganiga guvoh bo‘ldik.

Seminarda sportchilarning tajriba va mahoratini oshirish, mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari o‘rganildi.

– Bu kabi tadbirlar bilim va tajribamizni yanada oshirish, ushbu sport turida kuzatilayotgan o‘zgarishlar, qoidalarga kiritilgan yangiliklar haqida atroflicha ma’lumot olishimiz uchun muhim, – deydi jahon kubogi sohibi Nodira Kazakova. – Bir oy davom etgan seminar va mahorat saboqlaridan olgan bilim va tajribamiz nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashishimizga yordam beradi.