Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchi yoshlarimiz «Osiyo bolalari» o‘yinlariga yo‘l oldi (+video)
14:10 / 2024-06-25

Mamlakatimiz sport delegatsiyasi Rossiya Federatsiyasining Saxa Respublikasi Yakutsk shahrida o‘tadigan «Osiyo bolalari» o‘yinlarida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.

Poytaxtimizdagi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston sport delegatsiyasini tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.  

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri o‘rinbosari Sh.Mahmudov, vazir maslahatchisi Sh.Mo‘minjonov va boshqa mas’ullar sakkizinchi bor tashkil etilayotgan mazkur kompleks sport o‘yinlarida yurtimiz sportchilari munosib ishtirok etishi uchun davlatimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilganini, «Osiyo bolalari» sport o‘yinlari mahoratli sportchilarimiz uchun xalqaro musobaqalar ko‘nikmasini shakllantirishda muhim omil bo‘lishini ta’kidladi.  

Aytish lozim, 7 iyulgacha davom etadigan "Osiyo bolalari" o‘yinlarida 24 ta sport turida 239 ta medallar jamlanmasi uchun kurashlar bo‘lib o‘tadi. Musobaqalar Yakutsk shahridagi 16 ta sport majmuasida o‘tkaziladi.  

Unda mamlakatimizning 179 nafar sportchisi 16 sport turida kechadigan bellashuvlarda sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.  

Eslatib o‘tamiz, bundan ikki yil muqaddam – 2022 yili Rossiyaning Vladivostok shahrida o‘tkazilgan VII «Osiyo bolalari» musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 41 ta oltin, 28 ta kumush, 45 ta bronza, jami 114 ta medal bilan davlatlar kesimida umumjamoa hisobida Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan edi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/a4RC5-RKANA?si=U2d_i3HSMpHpxeTp" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

T. Ro‘ziyev, O‘zA