French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchi terapevtik istisnoni qaysi holatlarda qo‘llashi mumkin? (+video)
09:36 / 2024-10-13

Ba’zida qaysidir sportchining doping dori vositalari sababli sportdan chetlashtirilgani haqidagi xabarlarni o‘qib qolamiz. Sportchi farzandlarini mana shunday holatlardan asrash uchun ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari kerak? Doping mahsulotlar haqidagi to‘liq ma’lumotlarni qayerdan bilish mumkin?

O‘zA muxbirining shu kabi savollariga O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi Xalqaro aloqalar va reytinglar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Muhiddin Hoshimov javob berdi:

– Sportchilarni ikki turga bo‘lish mumkin. Birinchisi, yutuqlarga erishish uchun bilib turib doping qabul qiluvchilar. Ikkinchisi, bilmasdan, ya’ni tasodifan doping mahsulotlarini qabul qilganlar. Ikkinchi guruhdagi sportchilarning shifokorlari, murabbiylarida doping haqida yetarli ma’lumotlar bo‘lmagani tufayli bilmasdan taqiqlangan mahsulotlarni qabul qilishlari mumkin.

Bundan tashqari sportchilar biror kasallikka uchragan bo‘lsa, muolaja uchun dopinggi bor dori vositalarini qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bunday holatda ular qanday yo‘l tutishlari kerak? Bu sharoitda ular albatta, terapevtik istisno so‘rashlari shart. Sportchi o‘zi yashayotgan davlatda milliy antidoping agentligi tomonidan belgilangan hujjatlarni terapevtik komissiyaga topshirishi kerak. Har bir agentlik qoshida terapevtik istisnolar bo‘yicha komissiyalar bor. Bizning agentlikda ham bu komissiya mavjud.

Sportchi ushbu komissiyadan taqiqlangan dori vositasini majburan, ya’ni davolanish uchun iste’mol qilishga ruxsat so‘raydi. Komissiya ko‘rib chiqib, haqiqatan sportchi bu dorini iste’mol qilmasa, sog‘lig‘i yanada yomonlashishini aniqlasa, bunga ruxsat beriladi. Bu sharoitda sportchi sportdan chetlashtirilmaydi, ya’ni diskvalifikatsiya jazosi qo‘llanilmaydi.

Suhbatning to‘liq qismini O‘zAning You Tube sahifasida ko‘rishingiz mumkin.

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/frJOHx61Scw" title="Sportchi terapevtik istisnoni qaysi holatlarda qoʻllashi mumkin?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Abror Sodiqov, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA