Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari
16:37 / 2015-04-20

Iste’dodli grossmeysterimiz Jahongir Vohidov Buyuk Britaniyada o‘tgan “2nd 4NCL FIDE Rated Congress” xalqaro turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Shaxmat. Iste’dodli grossmeysterimiz Jahongir Vohidov Buyuk Britaniyada o‘tgan “2nd 4NCL FIDE Rated Congress” xalqaro turnirida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 

J.Vohidov besh partiyadan iborat bahslarda Jon Garnett, Mayk Syurtis, Jeyms Jekson, Kris Doranni mag‘lubiyatga uchratib, Deniyel Gormalli bilan durang o‘ynadi va 4,5 ochko jamg‘argan holda birinchi o‘rinni egalladi.

* * *

Engil atletika. Xitoyning Pekin shahrida jismoniy imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Gran-pri turnirida mamlakatimiz paralimpiyachilari munosib ishtirok etdi.

Qirqdan ziyod davlatdan uch yuz nafardan ortiq sportchi qatnashgan musobaqaning 200 metrga yugurish bahsida hamyurtimiz Mansur Abdurashidov marraga birinchi kelib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. U 100 metrga yugurishda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Nayza uloqtirish bahsida qatnashgan Temurbek G‘iyosov bronza medal bilan taqdirlandi. Qizlar o‘rtasidagi yadro uloqtirish musobaqasida Sanobar Sobirova uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

* * *

Suzish. Moskvada o‘tkazilgan Rossiya ochiq chempionatida terma jamoamiz a’zosi Ra’noxon Omonova sovrinli o‘rinni egalladi. 400 metrga kompleks usulda suzishda iqtidorli sportchimiz 4 daqiqa 50,16 soniya natija bilan bronza medalga loyiq, deb topildi.