Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi
11:08 / 2026-02-26

Milliy olimpiya qo‘mitasida tegishli tashkilot va idoralarning mutasaddilari va vakillari ishtirokida sport sohasida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Navbatdagi ishchi guruh yig‘ilishi davomida yangi mexanizmlar orqali zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, tashabbuskor tadbirkorlarning sport sohasidagi muvofiqlashtiruvchi organlar faoliyatida ishtirokini ta’minlash hamda mazkur jarayonni qo‘llab-quvvatlash masalalari xususida fikr va takliflar ilgari surildi.

Shu bilan birga, davlat tomonidan sportga ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va shaffof yo‘naltirilishini ta’minlash maqsadida tashkilotlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA