Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport zali yoshlar ixtiyorida
16:35 / 2026-01-15

Buxoro viloyati Kogon tumanida sport yakkakurashlari bilan shug‘ullanuvchilar safi tobora kengayib borayotgani ular uchun zamonaviy infratuzilma yaratishni taqozo etmoqda.

Shuni inobatga olib, aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sport yakkakurashlariga ixtisoslashgan zamonaviy sport zali qurib, foydalanishga topshirildi.

Mazkur sport inshooti 1 milliard 500 million so‘m mablag‘ evaziga barpo qilindi va 600 million so‘mlik zarur inventarlar bilan jihozlandi.  Bu yerda sportning erkin, yunon-rum va milliy kurash yo‘nalishlari bilan shug‘ullanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Ochilish tadbirida viloyat va tuman hokimliklari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar mutasaddilari, sport sohasi vakillari va yoshlar ishtirok etdi. Unda so‘z olganlar mamlakatimizda olib borilayotgan keng miqyosli islohotlarda sog‘lom va barkamol yosh avlodni tarbiyalash, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidladi.

Majmua yil davomida sportning turli yo‘nalishlari bilan shug‘ullanish, viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalar o‘tkazish, yuksak malakali sportchilarni tayyorlash va eng asosiysi yoshlarimizni ommaviy sport turlariga keng jalb etishga xizmat qiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.