Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport zali qurilishi boʻyicha murojaat qilmagan tashkilot qolmadi..
15:39 / 2020-06-16

Ammo bugun Fargʻona viloyatining baʼzi hududlaridagi umumtaʼlim maktablarida sport zallari yoʻq. Sport maydonlari esa talabga javob bermaydi.

Farzandlarimizni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalashda sportning oʻrni beqiyos. Shu bois mamlakatimizda sport majmualarini barpo etish, yoshlarni sport turlari bilan shugʻullanishlari uchun sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ammo bugun Fargʻona viloyatining baʼzi hududlaridagi umumtaʼlim maktablarida sport zallari yoʻq. Sport maydonlari esa talabga javob bermaydi.

photo_2020-06-16_16-06-35.jpg

Qoʻshtepa tumani Loyson qishlogʻidagi 22-umumiy oʻrta taʼlim maktabida 2016-yilda dastur asosida sport zali qurilishi boshlandi. Buni eshitgan yoshlarni, qishloq ahlining quvonchi ichiga sigʻmadi. Axir ularni yillar davomida qiynab kelayotgan muammo hal etilib, orzusi ushaladigan boʻldida. Afsuski, bu uzoqqa choʻzilmadi. Poydevor quyilib, asosiy ishlar endi boshlanadigan vaqtda inshoot bitkazilmay taqa-taq toʻxtadi qoldi. Bunga mutasaddilar koʻplab masalalarni roʻkach qildi.

Bilamiz, oʻqituvchi xalqi royish boʻladi. Maktab maʼmuriyati biror joyga qurilishni bitkazish yuzasidan murojaat qilmagani aniq. Mahalla faollarining sport zalini qurilishini davom ettirish boʻyicha murojaat qilmagan tashkiloti qolmadi. Hammasi osongina “kelgusi yili albatta dasturga kiradi” degan vaʼdalar bilan loysonliklarning qoʻynini puch yongʻoqqa toʻldirib kelyapti.

photo_2020-06-16_16-06-27.jpg

Mutasaddilardan samara boʻlmadi. Bolalar toʻrt yildan buyon jismoniy tarbiya darsini sinf xonalarida shashka-shaxmat oʻynab yoki maktab hududidagi qishda loy, yozda tuproq maydonchada oʻtkazishmoqda. Pandemiya davrida uyda qolgan maktab oʻquvchilari qadrdon maktablarida sport zali boʻlishini chin yurakdan istamoqda.

Mazkur maktabda 792 nafar oʻquvchi tahsil oladi. Ularning orasida isteʼdodli, ayniqsa, sportga qiziquvchilari koʻp. Ammo mana bunday sharoitda orzulari chilparchin boʻlmoqda.

photo_2020-06-16_16-06-22.jpg

– Rosti oʻyinlardan, yugur-yugurlardan juda charchadik, – deydi mahalla faoli Abdusattor Usmonov. – Qoʻlimizda mana qancha qogʻozlar borku. Hamma vaʼdalar faqat shu qogʻozda qolib ketyapti. Maktabda sport zalidan tashqari boshqa muammolar ham bor.

Ota-onalarning eʼtirozlarida jon bor. Haqiqatda maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar uchun qishda jismoniy tarbiya darslarini oʻtish, sport bilan shugʻullanishlari uchun yopiq va barcha qulayliklarga ega sport zali juda zarur. Prezidentimizning 5 ta tashabbusida ham yoshlarni sportga jalb etishga muhim eʼtibor qaratilgan. Mutasaddilar bu gal qanday bahona bilan qutilisharkin?