Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: Yutuqlarga erishishda ilg‘or texnologiyalarning o‘rni beqiyos
10:02 / 2024-01-27

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi harakatlarda izchillikka erishish, islohotlarda samaradorlikka erishish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqish ustuvor vazifalardan biri sanaladi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 22 yanvar kuni sport sohasida erishilgan natijalar va xalqaro musobaqalarga ko‘rilayotgan tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bildirgan fikrlari asosida joylarda sport inshootlarining holati, iqtidorli sportchilarni tayyorlash, sport ta’limini rivojlantirish, sohaga ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash ishlari bevosita o‘rganilmoqda, tahlil etilmoqda.

Shu maqsadda Toshkent shahridagi sport maktablari hamda ulardagi suv havzalarining qish mavsumida barqaror ishlash holati o‘rganib chiqildi.

Sport vaziri o‘rinbosari M.Ismailov yetakchiligidagi mutaxassislar dastlab poytaxtimizdagi mavjud sport maktablarida “ERP sport” platformasi orqali pullik xizmat ko‘rsatuvchi axborot tizimlaridan samarali foydalanish holati, audio-video kuzatuv moslamalarining texnik talablarga javob berishini ko‘rib chiqdi.

O‘rganish davomida, suv havzalaridagi issiqlik darajasining me’yori, mashg‘ulotlarning avtomatlashtirilgan tizim orqali nazorat qilinayotgani tahlil qilindi.  

Shuningdek, suv havzalarini bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish va davlat-xususiy sheriklik asosida yuritish yuzasidan takliflarni ishlab chiqishda xususiy sektorni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Poytaxtlik murabbiy va mutaxassislar bilan muloqotlar davomida sohadagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sport ta’limiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish borasida zarur tavsiyalar bildirildi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA