Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport: yutuqlar, kamchiliklar va rejalar
11:11 / 2025-04-08

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev sport sohasi vakillari bilan uchrashdi.

Tadbirda so‘nggi yillarda yurtimizda sportga qaratilayotgan alohida e’tibor sabab, sohada yuqori natijalarga erishayotgan, yurtimiz bayrog‘ini dunyoga tanitadigan yoshlar safi ko‘payib borayotganligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, yaratib berilayotgan imkoniyatlarga qaramasdan, ayrim joylarda qoloqlik holatlari uchrayotgani ham tanqid qilindi.

Shuningdek, sport yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlarning xalqaro musobaqalarda erishayotgan natijalarini yanada yuksaltirish, dunyo tan olgan sportchilarni yetishtirib chiqarish uchun yana qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha soha vakillarining takliflari tinglandi. 

Uchrashuvda sport kurashlari bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishgani uchun Jalg‘asbay Berdimuratov hamda Shahzoda Allaniyazovaga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining “Faxriy yorlig‘i” topshirildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.