Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport yarmarkasidan soʻng 400 nafar oʻquvchi sport toʻgaragiga yoʻl oldi
12:47 / 2019-02-25

Toshkent viloyati Zangiota tumani Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan tumanda joylashgan 14-sonli umumtaʼlim maktabida “Sport yarmarkasi” oʻtkazildi.


Toshkent viloyati Zangiota tumani Jismoniy tarbiya va sport boʻlimi hamda bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tomonidan tumanda joylashgan 14-sonli umumtaʼlim maktabida “Sport yarmarkasi” oʻtkazildi.

Yarmarkada tuman hududlaridagi sport toʻgaraklarida shugʻullanayotgan yosh sportchilar, murabbiy va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda navqiron avlod oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini yanada ommalashtirish, ularni sportga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida oʻtkazilgan “Sport yarmarkasi”da bolalar-oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari oʻzlarining sportdagi yutuqlarini tengdosh doʻstlari va tadbirga kelgan mehmonlarga namoyish qildi. Shuningdek, yosh sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari yarmarka ishtirokchilari qalbiga joʻshqinlik baxsh etdi.

Tadbirda tumanda ishtirok etgan uchta umumtaʼlim maktabining 400 nafardan ortiq oʻquvchisi yarmarkadan soʻng oʻzlariga qiziq boʻlgan sport turlariga qatnashish boʻyicha sport maktabi murabbiylariga murojaat qildi.

photo5440474725437516279.jpg

photo5440474725437516281.jpg

photo5440474725437516282.jpg

photo5440474725437516289.jpg

photo5440474725437516290.jpg

photo5440744565347822027.jpg

photo5440744565347822028.jpg