Mexanik eshkak eshish: Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida mexanik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soha mutasaddilari ishtirok etdi. Musobaqada mamlakatimizning deyarli barcha hududlaridan eng kuchli sportchilar qatnashmoqda.
***

Stol tennisi: O‘zbekiston kubogida yarim final bahslari boshlandi. Toshkent shahri va Farg‘ona viloyati jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvlar yuqori saviyada kechmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Toshkent viloyati jamoalari bahslari ham muxlislar e’tiborida.
***
Qishki Olimpiyada: O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Neapol shahrida Olimpiya mash’alasini yoqdi. Ayni paytda Olimpiada mash’alasi Italiya bo‘ylab olib o‘tilmoqda. Uni Neapoldan olib o‘tish Fabio Kannavaroga topshirildi.

***
Sambo: Xalqaro sambo assotsiatsiyasi (FIAS) e’lon qilgan reytingga ko‘ra, –88 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Sohibjon Hasanboyev 2024-2025 yillar natijalari asosida birinchi o‘rinni egalladi.
***
Og‘ir atletika: Ziyoda Xudoyqulova “10th Qatar Weightlifting Cup” xalqaro turnirida –63 kg. vazn toifasida ikki kurashda 200 kg. natija bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Terma jamoamizning musobaqadagi jami medallari soni 11 taga yetdi.
***
Futbol: Afrika kubogining dastlabki o‘yinlarida Senegal Botsvanani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shuningdek, Tunis Ugandani 2:1, Nigeriya esa Tanzaniyani 3:2 hisobida yengdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA