English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari
14:14 / 2016-10-03

Vetnamning Danang shahrida o‘tkazilgan V Osiyo sohil o‘yinlarida sambochilarimiz bitta oltin va uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Sambo. Vetnamning Danang shahrida o‘tkazilgan V Osiyo sohil o‘yinlarida sambochilarimiz bitta oltin va uchta bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida vazni 90 kilogrammgacha bo‘lgan sambochilar bahsida Ilhomjon Yo‘ldoshev barcha raqibini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. O‘z vazn toifasida Istam Qudratov, xotin-qizlar o‘rtasida Malikabonu Mirzayeva va Sanoyim Erkinboyeva uchinchi o‘rinni egalladi.

Avval xabar berganimizdek, V Osiyo sohil o‘yinlarining kurash bo‘yicha bellashuvlarida Mirjon To‘xtayev va Suhrob Xudoyberdiyev oltin, Muhammadali Shamsiddinov kumush medal bilan taqdirlangan edi.

* * *

Yunon-rum kurashi. O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Rossiyada o‘tgan xalqaro turnirda uchta bronza medalga sazovor bo‘ldi.

O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasidan ma’lum qilinishicha, xalqaro turnirda 300 ga yaqin yunon-rum kurashchi g‘oliblik uchun bahslashgan. Polvonlarimizdan Jalg‘as Berdimurodov, Ilhom Bahromov va Ermat Shermatov o‘z vazn toifasida uchinchi o‘rinni egalladi.