Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari: g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
17:38 / 2019-04-15

Andijonda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.


Tennis. Andijonda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va mamlakatimiz tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan chempionatda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Yoshlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarida Sergey Fomin shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi. Ushbu yosh toifasida Valeriya Vorobyova qizlar orasida mamlakat chempioniga aylandi. Juftlik uchrashuvlarida esa Valeriya Vorobyova hamda Elina Sharipova, Olimjon Nabiev va Ibrohimjon O‘rinov juftliklari barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Mamlakat birinchiligining o‘smirlar o‘rtasidagi juftlik bahslarida Valentina Shleyn va Mohira Olimova qizlar orasida tengsizligini isbotladi. O‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Azizbek Dadaboev va Akbarshox Shukurov tandemi g‘olib deb topildi.

Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tgan "Fyuchers" musobaqasida hamyurtimiz Sanjar Fayziev va ukrainalik Vladislav Manafov tandemi bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

* * * 

Boks. Professional boksda faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Fazliddin G‘oyibnazarov navbatdagi jangini 11 may kuni amerikalik Maykl Foksga qarshi o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, Maykl Foks o‘zining so‘nggi jangini shu yilning 16 fevral kuni yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashevga qarshi o‘tkazib, faoliyatidagi birinchi mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi.

* * *

Yunon-rum kurashi. Poytaxtimizdagi “Dinamo” sport majmuasida sport kurashlari bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining yunon-rum kurashi bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi.

Chempionatda Zayniddin Nashirov, Asriddinbek Nasridinov, Javohir Samatov, Umidjon Ahrorov, O‘rinboy Qodirov, To‘lqin To‘ychiev, Shahriyor Jo‘raboev, Izzatillo Shavkatbekov, Sharofiddin Ernazarov, Abdulaziz G‘ulomqodirov o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.