Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari
20:43 / 2016-06-20

Polshada erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ixtiyor Navro‘zov muvaffaqiyatli ishtirok etib, shohsupaga ko‘tarildi.

Erkin kurash. Polshada erkin kurash bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Ixtiyor Navro‘zov muvaffaqiyatli ishtirok etib, shohsupaga ko‘tarildi.

Ixtiyor Navro‘zov 70 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida finalgacha barcha raqiblarini yengib, kumush medal bilan taqdirlandi.

* * *

Tennis. Buyuk Britaniyaning London shahrida “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Uimbldon – 2016” xalqaro turnirining saralash bahslariga va Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida Shvetsiya va Germaniyada o‘tadigan xalqaro turnirlarga qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, “Uimbldon – 2016” xalqaro turnirida qatnashadigan tennischimiz Farrux Do‘stov saralashdagi dastlabki uchrashuvni yaponiyalik Xiroki Moriyaga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

Tajribali tennischimiz Oqgul Omonmurodova Shvetsiyada "Ystad – 2016" xalqaro turnirining asosiy to‘r bahslarini norvegiyalik Andrea Raxoltga qarshi bahs bilan boshlaydi. Germaniyadagi turnirda iste’dodli tennischimiz Kamola Umarova ruminiyalik Mixayela Loren Markulesku bilan kuch sinashadi.

* * *

Engil atletika. Polshaning Shetsin shahrida yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirning balandlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Svetlana Radzivil 191 metr natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.