Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari
21:30 / 2016-06-22

Toshkent viloyatida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘n olti yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazildi.

Baydarka va kanoe. Toshkent viloyatida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘n olti yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkazildi.

Baydarkada 200, 500 va 1000 metr masofalarga eshkak eshish bahslarida Denis Onufiyev barcha raqiblarini ortda qoldirib, marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Ushbu masofalarga kanoeda eshkak eshishda Anton Kolomeytsevga teng keladigan topilmadi.

Chempionatning qizlar o‘rtasidagi bahslarida Zarina Isroilova, Mafiza va Munavvar Akbarovalar turli masofalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

* * *

Tennis. Germaniyada xalqaro turnirda ishtirok etayotgan iste’dodli tennischimiz Kamola Umarova juftlik bahslarining birinchi davrasida rossiyalik Kamilla Rahimova bilan birga mezbon tennischilar Mina Xodzich va Ann Elize Zornni 6:2, 6:1 hisobida mag‘lub etdi.

Endi Kamola va Kamilla navbatdagi bosqichda rossiyalik Natalya Boltinskaya va Darya Nazarkina bilan kuch sinashadi.