Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari
17:54 / 2015-03-30

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yilning 30-may – 20-iyun kunlari Yangi Zelandiyada o‘tkaziladigan yigirma yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Portugaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Futbol. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi joriy yilning 30-may – 20-iyun kunlari Yangi Zelandiyada o‘tkaziladigan yigirma yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Portugaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.

Terma jamoamiz a’zolari yig‘in davomida Urugvay yoshlar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazib, raqiblarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Futbolchilarimizga g‘alaba keltirgan to‘pga Temur Tolipov mualliflik qildi.

* * *

Jit Kun Do. Tailand ochiq chempionati va jang san’atlari bo‘yicha xalqaro festivalda o‘zbekistonlik yakkakurash ustalari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Sportchilarimizdan Sunnatillo Asatillayev, Boburjon Tohirjonov, Sanjarbek Ro‘ziboyev, Asadbek Anorboyev, Gulshoda Jumaboyevaning mahorati hakamlar tomonidan yuqori baholandi. Terma jamoamiz a’zolari 12 oltin, 1 kumush va 2 bronza medalni qo‘lga kiritdi.