English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport xabarlari
12:30 / 2015-02-09

Tailandda davom etayotgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Timur Gumerov oltin medal sohibi bo‘ldi.

Velosport. Tailandda davom etayotgan Osiyo chempionatida hamyurtimiz Timur Gumerov oltin medal sohibi bo‘ldi.

Iqtidorli velosportchimiz trek yo‘nalishining ko‘pkurash bahslarida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va qit’a chempionligi bilan birga 2016-yili Braziliyada o‘tkaziladigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi uchun muhim reyting ochkolarini qo‘lga kiritdi.

Yoshlar o‘rtasidagi musobaqada qatnashgan yana bir hamyurtimiz Dilmurod Siddiqov qit’a chempionatining bronza medali bilan taqdirlandi.

Chempionat 14-fevralga qadar davom etadi.

* * *

Shaxmat. Angliyaning Birmingem shahrida o‘tkazilgan “1st 4NCL Congress Open” turniri o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Jahongir Vohidov g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shveytsarcha tizimda besh turdan iborat turnirda hamyurtimiz Jemi Xorton, Zivil Sarakuskin, Tamas Fodor va Jeyms Jeksonni mag‘lubiyatga uchratib, Lyuis Martin bilan durang o‘ynadi va 4,5 ochko bilan birinchi o‘rinni egalladi.

* * *

Mini-futbol. Latviyaning Yelgava shahrida O‘zbekiston va Latviya terma jamoalari o‘rtasida ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Har ikki o‘yinda mamlakatimiz mini-futbolchilari g‘alaba qozondi.

Dastlabki o‘yinda terma jamoamiz a’zolari raqiblarini 4:2 hisobida mag‘lub etdi. Latviyaliklar darvozasiga Davron Choriyev ikkita, Konstantin Sviridov va Farhod Abdumavlonov bittadan to‘p kiritdi.

Ikkinchi uchrashuv ham Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli bo‘ldi. Artur Yunusov, Davron Choriyev va Timur Sadirov kiritgan gollar terma jamoamizning 3:2 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.